O‘zbekistonda aksiyada mashina yutgan odamga sovrin berilmadi

O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi aksiyalar tekshirilib, iste’molchilar huquqlarini buzish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasidagi 116 ta aksiya va chegirmani o‘rganib, 65 ta qoidabuzarlikni qayd etdi.
Jumladan, Andijondagi «Water Life Mineral» kompaniyasi o‘tkazgan aksiyada uch nafar ishtirokchiga jami 60 million so‘mlik sovrin berilmagan. Namanganda esa Chevrolet Cobalt avtomobili telefon raqami noto‘g‘ri terilgani sabab boshqa kishiga topshirilgan. Qo‘mita aralashuvidan keyin mashina haqiqiy g‘olibga qaytarilgan.
Bundan tashqari, ayrim do‘konlarda chegirmalar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan, aksiya shartlari esa to‘liq tushuntirilmagan.
Ma’lum qilinishicha, 59 ta qoidabuzarlik bartaraf etilgan, to‘rtta tadbirkorga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Iste’molchilar foydasiga qariyb 250 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan.






























Izohlar 0
…