09:51 / 11.07.2024
314

Qo‘ng‘irotboy Sharipov: “Bu sovet tizimidan qolgan”

Qo‘ng‘irotboy Sharipov: “Bu sovet tizimidan qolgan”
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, O‘zbekistondagi davlat tashkilotlariga ishga qabul jarayonida bilimga emas, diplomga alohida urg‘u beriladi. Shuning uchun yoshlarda hali ham diplom olishga intilish kuchli.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov YouTube'dagi Lolazor podkastidagi chiqishida diplom uchungina ta’lim olish sovet davridan qolgan an’ana ekanini aytdi.

Yoshlar hali ham diplom bo‘lsa bo‘ldi, degan fikrda yuribdi. Nima uchun shunday, nega diplomga qiziqamiz, deb o‘yladim. Chunki oldinlari, sovet tizimi paytida ishga qabul qilayotganda diplom so‘ralgan. Diplomga buxgalter deb yozilgan, lekin talabgor iqtisodchi bo‘lishi mumkin. Ish beruvchi yo‘q, menga buxgalter diplomi kerak, degan. Diplomingni ko‘rsat, degan. Sen shu sohani bilasanmi, buxgalteriyadan biliming bormi — uni hech kim tekshirib olmaydi. U diplom bo‘yicha qabul qiladi. Chunki qabul qilgan odamni ham tekshiruvchi organ xodim diplomiga mosmi, deb tekshirgan. Bilimi bormi, shunga mosmi, biror narsa hisob-kitob qilishni biladimi — bu hech kimga qiziq emas. Bizga faqat qiziq —diplomi bo‘lishi kerak. Hozir ham davlat tashkilotlarida bu tizim ishlaydi. Davlat tashkilotlarida malaka va bilimni baholaydigan tizim joriy qilmaguncha, diplomga bo‘lgan talab kuchayaveradi. Tashkilot biz diplom olib kelib bersakkina, ishga qabul qiladi”, dedi vazir.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov mavzu yuzasidan misol keltirarkan, oliy ta’lim muassasalarida ham diplomiga qarab ish berish tizimi borligini ta’kidladi.

Oliy ta’lim vazirligidan o‘zimiz borib o‘qituvchilarni tekshiramiz. U ingliz tilidan zo‘r dars beryapti, lekin diplomida arxitektor deb yozilgan. U tug‘ma ingliz tili o‘qituvchisi. Unga shu soha qiziq. Lekin bu tarzda ishlashi mumkin emas. Talabalar bizga faqat shu arxitektor ingliz tilidan dars bersin, deydi. Lekin diplomi bo‘yicha ishlashi talab qilinadi. Mehnat inspeksiyasi ham xodimlarni birinchi o‘rinda diplomini tekshiradi. Shu joyga mosmi yoki mos emasmi, demaydi. Nomutaxassislar ishlayapti, deb xulosa qilib, chiqib ketadi. Balki u inson zo‘r ishlayotgan bo‘lishi mumkin. Tashkilotga ko‘p samara bergandir”, dedi vazirlik rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘ng‘irotboy Sharipov: “Bu sovet tizimidan qolgan”