08:23 / 03.09.2024
82

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2 sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi.

Bomurod Hamdamov 1940 yilda Turkmanistonning Chorjo‘y shahrida tug‘ilgan. Bolaligidan qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rgan. Asosan 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qo‘shiqlarini ijro etgan. Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qo‘rqdim” kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o‘rin egalladi.

Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qo‘shiqlari va ijodi o‘zbek san’atining “oltin fondi”ga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi