
Oʻzbekiston yaralangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar hamda ularning hamrohlarini qabul qildi.
Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichevning ma'lum qilishicha, Toshkent bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini amalga oshirish hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda jabrlangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar hamda ularning hamrohlarini Oʻzbekistonga evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirgan.
Yaqin Sharq axborot agentligi boʻlgan – Al-Ahram nashrining oʻzbekistonlik elchiga tayanib yozishicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar oʻz yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda mehmon boʻlishadi.
Mansurbek Qilichev, shuningdek, bemor falastinliklar sogʻliqni saqlash markazlari va kasalxonalarda istiqomat qilishlarini va Oʻzbekiston hukumati ularning barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqalar bilan ta'minlashini qoʻshimcha qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti Mirziyoyev 2024 yil noyabr oyida Falastin masalasiga bagʻishlangan navbatdan tashqari arab-islom sammiti oldidan soʻzlagan nutqida Falastin hududidagi harbiy harakatlarni toʻxtatish va xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni ta'minlash muhimligini ta'kidlagan va yaralangan falastinlik bolalar va ayollarning davolanishlari uchun Toshkent mezbonlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar