Sangardakda yo‘qolgan 2 yoshli bola qidirilmoqda: topishga yordam berganlarga 20 million so‘m mukofot beriladi

Sangardakda yo‘qolgan 2 yoshli bola qidirilmoqda: topishga yordam berganlarga 20 million so‘m mukofot beriladi

Surxondaryo viloyatida yarim yildan ortiq vaqtdan beri bedarak yo‘qolgan ikki yoshli Zubayr Salimovni qidirish ishlari davom etmoqda. Uni topishga yordam beradigan fuqarolarga 20 million so‘m mukofot puli berilishi ma’lum qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zubayr Sardorovich Salimov 2024 yil 25 iyunda tug‘ilgan. U Termiz shahridagi «Yulduz» mahallasida ota-onasi bilan yashagan.

Bola 2026 yil 26 aprel kuni ota-onasi bilan Sariosiyo tumanidagi «Sangardak» mahallasi hududida joylashgan dam olish maskaniga borgan. Shu yerda, daryo bo‘yida onasi avtomashinadan buyum olib kelish uchun ketgan vaqtda u bedarak yo‘qolgan.

Shundan buyon bolaning qayerdaligi noma’lum. Uni qidirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlarga qaramay, hozirgacha natijaga erishilmagan.

Ichki ishlar boshqarmasi bolaning qayerdaligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan zudlik bilan xabar berishni so‘ramoqda. Ishonchli ma’lumot taqdim etib, uni topishga ko‘maklashganlarga 20 million so‘m mukofot beriladi. Ma’lumot bergan shaxslarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlangan.

Zubayr haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  • 102;

  • 97 698-51-51;

  • 91 583-48-48;

  • 94 514-11-15.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar