14:06 / 23.01.2025
88

Toshkent–Xoʻjakent temiryoʻli Chinorkentgacha uzaytirildi

Toshkent–Xoʻjakent temiryoʻli Chinorkentgacha uzaytirildi
Foto: Toshkent mintaqaviy temiryoʻl uzeli
Toshkent–Xoʻjakent elektropoyezdi qatnovi «Chinorkent» bekatigacha uzaytirildi. Bu haqda Toshkent mintaqaviy temiryoʻl uzeli xabar berdi.

Xoʻjakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temiryoʻl qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temiryoʻl bekati qurib bitkazildi hamda 22 yanvar kuni foydalanishga topshirildi.

Bu erda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun sirgʻanishga qarshi plitalar oʻrnatildi hamda yoʻlovchilar uchun erosti tunneli barpo etildi.

Endilikda Toshkentdan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar, sayyohlar zamonaviy elektropoyezdda “Chinorkent” temiryoʻl bekatiga etib kelishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yoʻnalishda yangi elektropoyezd 2024 yil dekabr oyidan qatnay boshlagan.

22 yanvar kuni, shuningdek, 23,8 kilometrlik Baytqoʻrgʻon–Parkent elektrlashtirilgan temiryoʻli qurilishiga start berildi.

“Oʻzbekiston temiryoʻllari” xabariga koʻra, yangi yoʻnalish “Boshtransloyiha” AJ tomonidan loyihalashtirilgan. Qurilish ishlarini temiryoʻlchilar amalga oshiradi.

Loyiha doirasida 2 ta ajratish punkti, 4 ta koʻprik, 2 ta yoʻl oʻtkazgich, 1 ta tunnel turidagi yoʻl oʻtkazgich, 78 ta suv oʻtkazish inshooti, 7 ta avtomobil yoʻli va temir yoʻli kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan.

“Ushbu yangi loyiha yakuniga etib, foydalanishga topshirilgach, Parkent tumanining togʻli soʻlim goʻshalariga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortishiga zamin yaratiladi”, – deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat