O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni 11,6 milliondan oshdi

1 daqiqa o'qish2
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni 11,6 milliondan oshdi

O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki 10 oyida 11,62 million nafar xorijiy sayyohni qabul qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning yanvar–oktyabr oylaridagi natijadan 19,4 foiz yuqori. O‘tgan yilga nisbatan tashrif buyurganlar soni qariyb 1,9 million nafarga ko‘paygan, deb xabar beradi UzDaily.uz.

Sayyohlar oqimi bo‘yicha birinchi o‘rinda Qirg‘iziston turibdi. 10 oyda ushbu mamlakatdan 3 million 180 ming 403 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan.

Qozog‘istondan 2 million 703 ming 401 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Tojikistondan kelganlar esa 2 million 553 ming 147 nafarni tashkil etgan. Shu tariqa, dastlabki uchlikni O‘zbekistonning qo‘shni davlatlari egallagan.

Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 1 million 104 ming 57 nafarga yetgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston (432 651 nafar) va Xitoy (430 326 nafar) qayd etilgan. Turkmanistondan 289 933 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

Boshqa davlatlar orasida Turkiyadan kelganlar soni 169 553 nafarni, Hindistondan tashrif buyurganlar esa 64 344 nafarni tashkil qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?