
Toshkent shahrida yirik miqdorda noqonuniy tamaki mahsulotlari muomalasining oldi olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “B.S” MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida ruxsat etilmagan holda elektron va an’anaviy tamaki mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.
Tekshiruvlar davomida umumiy bahosi 12 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan 144 567 quti mahsulot ashyoviy dalil sifatida olindi. Ular orasida 56 225 dona elektron tamaki, 25 714 dona maxsus suyuqlik, 10 668 dona chekish qurilmasi va 3 800 dona kalyan butlovchi qismlari bor.
Tadbir doirasida qo‘shimcha ma’lumotlar asosida Qibray tumanidagi “Xaydarobod” mahallasida noqonuniy sex faoliyati fosh etildi. U yerda uch nafar fuqaro inson salomatligiga xavfli bo‘lgan tarkibdagi elektron tamaki mahsulotlarini yasalma sharoitda tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sexdan qiymati 500 million so‘mga yaqin bo‘lgan mahsulotlar: 2 175 dona suyuqlik, katta hajmdagi glitserin va glikol kislotasi, yuzlab tamaki etiketkalari, tarozilar, o‘lchov idishlari, aromatizatorlar hamda qadoqlash uskunalari olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ishlab chiqarish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Zamin.uz tahririyati qonunbuzarlikka qarshi bunday qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlaydi va jarayon rivojini kuzatishda davom etadi.
Toshkent ShahriNoqonuniy TamakiBosh ProkuraturaElektron TamakiQibray TumaniXaydarobod MahallasiJinoyat KodeksiTergov HarakatlariMahsulotlar Asosida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar