Toshkentda iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqargan yashirin sex fosh etildi

Toshkentda iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqargan yashirin sex fosh etildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan pivo ishlab chiqargan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.T. va boshqa shaxslar «Salar bo‘yi» ko‘chasidagi uyda yashirin ishlab chiqarish sexini tashkil qilgani ma’lum bo‘lgan. U yerda qo‘lbola usulda iste’molga yaroqsiz pivo tayyorlangan.

Tezkor tadbir davomida sexdan 22 turdagi pivo ichimliklari, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276¹¹-moddasi — xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar