date

Toshkentda 61 mln so‘mlik elektron sigaretalar musodara qilindi

Toshkentda 61 mln so‘mlik elektron sigaretalar musodara qilindi
Toshkent shahrida aksiz markasiz elektron sigaretalarning noqonuniy savdosi aniqlandi, deb UPL.uz xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 365 dona “Loco” rusumli elektron sigaretani 61 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Mazkur elektron tamaki mahsulotlarida aksiz markalari yo‘qligi ularning O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilganini tasdiqlaydi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Etanol, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishi yoki ishlab chiqarilishi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 61 mln so‘mlik elektron sigaretalar musodara qilindi