Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Namangan shahrida qalbaki pullarni tayyorlash va sotish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Pop tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan va Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan ikki shaxs ushlangan. Ular 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Tezkor tadbir vaqtida ikki shaxs jami 37,4 mln so‘mlik qalbaki pullarni shartli xaridorga 7,5 mln so‘mga sotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ushlangan shaxslarning shaxsiy tintuvi hamda ulardan birining boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganda, yana 6,4 mln so‘mlik qalbaki pul borligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbir davomida Izboskan tumanida yashovchi shaxsning xonadon ham tekshirilgan. U yerdan 7,7 mln so‘mlik qalbaki pul, turli nominaldagi kupyuralar tasviri tushirilgan 145 dona oq qog‘oz, kompyuter, rangli printer va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilgan holat yuzasidan ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilib, ularning jinoiy aloqalari doirasini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar