Farg‘onada 6 mingdan ortiq “Regapen” dorisi musodara qilindi

Farg‘onada 6 mingdan ortiq “Regapen” dorisi musodara qilindi

DXX xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlarda 6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” dori vositalari musodara qilindi.

Farg‘ona shahrida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida sotish maqsadida saqlangan 3580 dona “Regapen” aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, “Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Lacetti” avtomobili tekshirilganda, salon qismiga yashirilgan 2520 dona “Regapen” topildi.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. DXX kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishi mumkinligini eslatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar