Bavariya himoya chizigʻini kuchaytirish uchun Tomas Araujo variantiga qaytdi

1 daqiqa o'qish282
Bavariya himoya chizigʻini kuchaytirish uchun Tomas Araujo variantiga qaytdi

Myunxenning Bavariya klubi yana bir bor Tomas Araujo transferi ustida bosh qotirmoqda. Sky nashri xabariga koʻra, Lissabonning Benfika jamoasi markaziy himoyachisi Germaniya rekordchilarining qiziqishlari doirasida qolmoqda. Myunxenliklar uzoq vaqtdan beri 23 yoshli futbolchi bilan bogʻlanib kelishmoqda va uning vakillari bilan dastlabki muzokaralar oʻtkazilgani aytilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Araujo ham markaziy, ham oʻng qanot himoyasida oʻynash qobiliyatiga ega. Bu esa uni Konrad Laimer uchun munosib muqobil yoki Min-Jae Kim yoxud Hiroki Ito jamoani tark etgan taqdirda asosiy variantga aylantiradi. Bunday universallik bosh murabbiy Vincent Kompany uchun kelgusi mavsum rejalarida juda muhim omil hisoblanadi.

Biroq transfer masalasi oson kechmaydi. Futbolchi yaqinda Benfika bilan 2029-yilgacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Kelishuvda 80 dan 100 million yevrogacha boʻlgan tovon puli koʻrsatilgani aytilmoqda. Chelsi ham ushbu oʻyinchiga qiziqish bildirgan, ammo Bavariya hozircha bunday katta mablagʻni toʻlashga tayyor emas.

Tomas Araujo Benfika akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, oʻtgan mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol hamda ikkita assist muallifiga aylandi. Hozircha Bavariya rahbariyati transfer boʻyicha keskin qadamlarni tashlamadi, klub faqatgina 24 yoshli himoyachining holatini kuzatish bilan cheklanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?