Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish fosh etildi

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish fosh etildi

Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati aniqlandi. Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.G‘. “Chiyal” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan moy juvoz uskunasi orqali yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan.

Tekshiruv davomida 13 tonna zig‘ir, 667 kg chigit, 569 kg kunjara, 104 kg iste’molga yaroqsiz yog‘ va 177 dona yelim idish ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish fosh etildi – Zamin.uz, 06.06.2026