4 kun ichida ikki fojia: ona va chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi

4 kun ichida ikki fojia: ona va chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yuz bergan fojea jamoatchilikni larzaga soldi.

36 yoshli Nasiba Elmurodova 10 aprel kuni to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirish uchun shifoxonaga murojaat qilgan edi. Biroq oradan to‘rt kun o‘tib, bu quvonchli voqea og‘ir yo‘qotish bilan yakunlandi.

Dastlab homilaning yurak urishi to‘xtagani aniqlanib, chaqaloq nobud bo‘lgan. Shundan so‘ng ayolning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, uning ahvoli kundan-kunga og‘irlashib borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, 14 aprel kuni uning vafot etgani haqida xabar berilgan.

Marhumaning yaqinlari bu fojia ortida shifokorlarning e’tiborsizligi bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ularning aytishicha, ayol shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng unga yetarli darajada e’tibor qaratilmagan.

Biroq shifokorlar ushbu iddaolarni rad etib, barcha zarur choralar ko‘rilganini bildirmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Mazkur voqea jamiyatda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, mas’ul tashkilotlardan aniq va adolatli xulosa kutayotganlar soni ortib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

4 kun ichida ikki fojia: ona va chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi – Zamin.uz, 06.06.2026