Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro aniqlandi

Andijon viloyatida fuqaroning Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yashirgani fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqish maqsadida “Do‘stlik” chegara bojxona postining “Chiqish piyoda” yo‘nalishidagi yashil yo‘lak orqali harakatlangan.
Biroq bojxona nazorati va shaxsiy ko‘rik davomida uning deklaratsiyada ko‘rsatilmagan xorijiy valyutani olib chiqishga urinayotgani aniqlangan.
Qizig‘i, jami 64 ming AQSH dollari fuqaroning paypog‘i ichiga yashirilgan bo‘lgan. Bojxona xodimlarining sinchkovligi natijasida aniqlangan mablag‘ belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…