23:45 / 21.12.2018
6 627

Toshkent shahriga hokim tayinlandi (foto)

Toshkent shahriga hokim tayinlandi (foto)
8 oydan beri Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodi 21 dekabr kuni shahar hokimi lavozimiga rasman tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida shahar hokimi livozimiga tadbirkor Ortiqxo‘jayevning nomzodini tavsiya etgan. Deputatlar esa nomzodni qo‘llab-quvvatlagan.

"Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qo‘yish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxo‘jayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. To‘g‘risini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni o‘zgartirishga erishdi. Hokimlikning obro‘sini oshirdi, tadbirkorlarni o‘ziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi", degan davlat rahbari.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yil aprel oyida poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. 2018 yil 14 sentyabr kuni esa Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining navbatdagi majlisida senator etib saylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahriga hokim tayinlandi (foto)