Shahzod Sultonovning yangi “Nilu” qo‘shig‘i muxlislar e’tiborini tortmoqda (video)

Aktyor Shahzod Sultonov kecha, 9 yanvar kuni yangi taronasi — “Nilu”ni YouTube platformasida premyera qildi. Qo‘shiq qisqa vaqt ichida tomoshabinlar e’tiborini tortishga ulgurdi.
Premyera qilinganiga atigi bir kun bo‘lmasdan, “Nilu” taronasi 2 mingdan ortiq tomosha qilindi. Shuningdek, video ostida 50 ga yaqin iliq va qo‘llab-quvvatlovchi izohlar qoldirilgan. Muxlislar Shahzod Sultonovning ijrosini yuqori baholab, yangi yo‘nalish va ohangni mamnuniyat bilan qarshi olishmoqda.
Ayni paytda “Nilu” taronasi aktyorning musiqiy faoliyatidagi navbatdagi muvaffaqiyatli qadam bo‘lishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…