Munisa Rizayeva kutilmagan qarori bilan muxlislarni hayratda qoldirdi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan videolari orqali muxlislarini yana bir bor hayratda qoldirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Biroq u bu yuksak mukofotni o‘ziga emas, onasiga bag‘ishlashga qaror qilgan.
Videoda Munisa Rizayeva unvonni onasiga topshirar ekan, samimiy tarzda: “Ona, bu unvonni sizga bermoqchiman”, deya murojaat qiladi. Onasi esa avvalo qizini ushbu yutug‘i bilan tabriklab, unga bo‘lgan faxrini yashirmaydi. Shuningdek, u muhtaram Prezidentga ham alohida minnatdorchilik bildiradi.

Xonanda o‘z postida quyidagicha yozib qoldirdi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan menga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni topshirildi. Hurmatli Prezidentimga cheksiz minnatdorchilik bildiraman! Bu yuksak e’tirof nafaqat mening shaxsiy yutug‘im, balki yurtimizda san’at va madaniyatga berilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Menga bildirilgan ishonchni oqlash — mening asosiy burchim.”
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar xonandani tabriklab, unga yanada katta yutuqlar tilashmoqda.





























Izohlar 0
…