Bahora Arslonova kutilmagan tan olishi bilan hayratga soldi (video)

Bahora Arslonova kutilmagan tan olishi bilan hayratga soldi (video)

Taniqli aktrisa Bahora Arslonova “24/7 podcast” loyihasida mehmon bo‘lib, ijodiy tanaffus va qaytish jarayoni haqida samimiy fikrlarini bo‘lishdi.

U suhbat davomida eng esda qolarli ishlari va kliplar haqida gapirar ekan, “Sendaqasi yo‘q” qo‘shig‘iga olingan klip o‘ziga eng ko‘p yoqqan ijodiy ish ekanini ta’kidladi.

Aktrisaning aytishicha, u 2–2,5 yil davomida kino va kliplarda deyarli ishtirok etmagan va hatto ijodga qaytish istagi ham susaygan paytlar bo‘lgan. “Odamda shunaqa holat ham bo‘lar ekan, hech narsa qilishni xohlamay qolasan,” deydi u.

Shundan so‘ng rejissyor Ikrom Ali unga yangi klip taklif qilib, Otabek bilan ishlashini so‘ragan. Dastlab u ikkilanib turgan bo‘lsa-da, qo‘shiqni eshitgach, hissiyotlarini ushlab turolmay yig‘lab yuborganini aytadi va ishtirok etishga rozi bo‘lgan.

“Syomkada juda erkin ishladim, o‘zimni to‘liq ijodga bag‘ishladim,” deydi aktrisa. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqning avvalgi versiyalari unchalik katta tomoshabin yig‘magan bo‘lsa-da, klip chiqishi bilan qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otgan.

“Bahora chiqqandan keyin bir kunda ko‘rishlar keskin oshdi deyishdi. Shunda juda xursand bo‘ldim — demak, meni sog‘inganlar bor ekan. Hech kimga kerak emasman deb o‘ylardim, lekin aslida kerak ekanman,” deya samimiy fikr bildirdi aktrisa.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar