O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdi — adabiyotimiz katta yo‘qotish

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdi — adabiyotimiz katta yo‘qotish

Bugun, 6 iyun kuni taniqli yozuvchi, tarjimon va jamoat arbobi Ibrohim G‘ofurov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.

Ibrohim G‘ofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U o‘z faoliyati davomida adabiyotshunoslik, tanqid va badiiy tarjima sohalarida samarali mehnat qilib, milliy adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shgan.

U turli yillarda nashriyot va matbuot sohalarida faoliyat yuritib, “O‘zbekiston adabiyot va san’ati” gazetasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga asos solib, siyosiy hayotda ham faol ishtirok etgan.

Adib jahon adabiyotining yirik namoyandalari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Jumladan, Fyodor Dostoyevskiy, Ernest Xeminguey, Chingiz Aytmatov va boshqa yozuvchilarning mashhur asarlari uning tarjimasida kitobxonlarga yetib borgan. Ayniqsa, Jeyms Joysning “Uliss” asari tarjimasi katta e’tiborga sazovor bo‘lgan.

Ibrohim G‘ofurov “Do‘stlik” ordeni sohibi, qator mukofotlar laureati bo‘lib, 2021 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Ma’lum qilinishicha, marhumning janoza namozi 7 iyun kuni bomdod namozidan so‘ng Hazrati Imom jome masjidida o‘qiladi. U Teshik qopqoq qabristoniga dafn etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdi — adabiyotimiz katta yo‘qotish – Zamin.uz, 06.06.2026