Teylor Svift va Trevis Kelsi to‘yi: afsonaviy arena tanlandimi?

Teylor Svift va Trevis Kelsi to‘yi: afsonaviy arena tanlandimi?

Taylor Svift va Trevis Kelsi atrofida yangi mish-mishlar tarqalmoqda. Xabarlarga ko‘ra, mashhur juftlik o‘z to‘y marosimini Madison Square Garden arenasida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Nyu-Yorkdagi ushbu mashhur arena 29 iyun — 6 iyul oralig‘ida bo‘sh turibdi. Aynan shu davr to‘y uchun tanlangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu esa muxlislar orasida katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Teylor va Trevis o‘z munosabatlarini 2023 yilda rasman tasdiqlagan edi. Shundan beri ular tez-tez omma e’tiborida bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan juftliklardan biriga aylangan.

Agar ushbu mish-mishlar rost bo‘lsa, bu to‘y shunchaki oddiy marosim emas, balki haqiqiy shouga aylanishi mumkin. Chunki Madison Square Garden kabi ulkan arenada o‘tkaziladigan to‘y millionlab muxlislar e’tiborini tortishi aniq.

Hozircha juftlik yoki ularning vakillari tomonidan rasmiy bayonot berilmagan. Shunga qaramay, muxlislar allaqachon bu ehtimoliy to‘yni “yil voqeasi” sifatida kutishni boshlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar