12 avgustda noyob hodisa: kunduz bir zumda tun bo‘ladi

12 avgustda noyob hodisa: kunduz bir zumda tun bo‘ladi
Qisqacha

2023 yil 12 avgustda noyob astronomik hodisa — to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi. O'y Quyosh va Yer o'rtasiga kirib, uning nurini to'sadi va ayrim hududlarda kun davomida qisqa muddatga qorong'ulik yuzaga keladi. Tutilish Grenlandiya, Islandiya, Ispaniya va Portugaliyaning ayrim joylarida to'liq, Evropaning katta qismida esa qisman ko'rinadi. Olimlar bu hodisa Quyoshning tashqi qatlamini o'rganish imkonini berishini ta'kidlaydi va Quyoshga bevosita qarash xavfli ekanini eslatadi.

Joriy yil 12 avgust kuni noyob astronomik hodisa — to‘liq Quyosh tutilishi kuzatiladi. Ushbu jarayonda Oy Quyosh bilan Yer orasiga kirib, uning nurlarini to‘sadi va ayrim hududlarda kunduz qisqa muddatga qorong‘ulikka aylanadi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, to‘liq tutilish Grenlandiya, Islandiya hamda Ispaniya va Portugaliyaning ayrim hududlarida ko‘rinadi. Yevropa, Afrika va Shimoliy Amerikaning katta qismida esa hodisa qisman kuzatiladi.

Tutilish yo‘li taxminan 8 ming kilometrdan ortiq hududni qamrab oladi. Ayrim joylarda bu jarayon bir necha daqiqa davom etsa, ba’zi hududlarda atigi soniyalar ichida yakunlanadi.

Olimlar bu hodisa ilmiy jihatdan ham muhim ekanini ta’kidlab, Quyoshning tashqi qatlami va atmosfera o‘zgarishlarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lishini qayd etmoqda.

Shu bilan birga, mutaxassislar Quyoshga bevosita qarash xavfli ekanini eslatib, faqat maxsus himoya vositalari orqali kuzatishni tavsiya qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar