Nilufar Usmonova onasi haqida gapirib, ko‘zga yosh keltiradigan qo‘rquvini oshkor qildi (video)

Xonanda Nilufar Usmonova intervyularidan birida onasiga bo‘lgan mehr-muhabbati va uni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi haqida so‘zlab berdi. San’atkor onasining uzoq umr ko‘rishi, doimo sog‘lom va tetik bo‘lishini istashini aytib, ko‘nglidagi kechinmalar bilan o‘rtoqlashdi.
“Men Allohdan bitta narsani so‘rayman: ayamning umri uzoq bo‘lsin. Oxirgi nafaslarigacha sog‘lom bo‘lib, o‘zlarini o‘zlari eplaydigan, doimo tetik bo‘lsinlar. Allohdan oxirigacha xayrli va uzoq umr berishini so‘rayman.
Ba’zan kechasi yotganimda qo‘rqib ketaman. «Ertaga men nima qilaman?» degan o‘y keladi. Ayniqsa, viloyatga yoki boshqa joyga ketganimda shunday bo‘ladi. Tengdoshlarimizdan birortasining ota-onasi vafot etganini eshitsam, bu menga qattiq ta’sir qiladi.
Ba’zan kechqurun ko‘nglim g‘ash bo‘lib, ayamga yozib qo‘yaman. Bomdod paytida javob beradilar. «Dumaloq video tashlang», deyman. «Nima xohlaysan?» deb video yuboradilar. Shunda ko‘nglimdagi xavotir biroz bosiladi”, — dedi xonanda.
Nilufar Usmonova suhbat davomida barcha ota-onalarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va xotirjamlik tiladi. U hech kimning ota-onasi bevaqt hayotdan ko‘z yummasligini, farzandlar doimo ularning mehridan bahramand bo‘lib yashashini istashini bildirdi.
Xonandaning samimiy so‘zlari kuzatuvchilarga ham ta’sir qildi. Izohlarda ko‘pchilik uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, ota-onalarimiz doimo sog‘-omon bo‘lib, baxtimizga uzoq umr ko‘rishlarini tilamoqda.






























Izohlar 0
…