Nilufar Usmonovaning “Salom sevgi” taronasi tinglovchilar e’tiboriga tushdi (audio)

Nilufar Usmonovaning “Salom sevgi” taronasi tinglovchilar e’tiboriga tushdi (audio)

Xonanda Nilufar Usmonova 23 oktabr kuni “Salom sevgi” nomli yangi qo‘shig‘ini muxlislari hukmiga havola etdi. Sevgi mavzusiga bag‘ishlangan tarona tinglovchilar orasida iliq kutib olinib, ijobiy fikrlar bildirilmoqda.

Qo‘shiq xonandaning YouTube kanaliga joylanganidan bir kun ham o‘tmay, 30 mingdan ortiq marta tinglandi. Bu esa yangi taronaga bo‘lgan qiziqish borligini ko‘rsatadi.

“Salom sevgi” qo‘shig‘ida muhabbat va unga bog‘liq his-tuyg‘ular kuylanadi. Xonandaning muxlislari esa yangi tarona haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Siz ham Nilufar Usmonovaning yangi qo‘shig‘ini tingladingizmi? Agar tinglagan bo‘lsangiz, uni 1 balldan 10 ballgacha baholash imkoniyati bo‘lsa, nechchi ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar