Husnora Shodiyeva 33 yoshda: tug‘ilgan kunidagi tort uni hayratga soldi

Teleboshlovchi, bloger va xonanda Husnora Shodiyeva kecha, 3 noyabr kuni 33 yoshni qarshi oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning tavallud ayyomini nishonlayotgani aks etgan quvnoq va ta’sirli videolar tarqaldi.
Tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda Husnoraning tug‘ilgan kuni keng davrada, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanganini ko‘rish mumkin. Bayramda san’at sohasi vakillari ham ishtirok etib, xonandani tavallud ayyomi bilan tabriklashdi va uning quvonchiga sherik bo‘lishdi.
Tug‘ilgan kun bazmining eng esda qolarli lahzalaridan biri esa Husnora uchun tayyorlangan maxsus tort bo‘ldi. U barchaning e’tiborini tortdi. Husnora ham tortni ko‘rib, hayrati va hayajonini yashira olmadi, hatto ko‘zlariga yosh keldi. Uning bu ta’sirli holati videolarda aks etib, kuzatuvchilarning ham e’tiborini qozondi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda muxlislar Husnorani 33 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt va ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.
Ma’lumot uchun, Husnora Shodiyeva 1993 yil 3 noyabr kuni musiqachi va to‘y tashkilotchisi Ra’no Ortiqova oilasida tug‘ilgan. U oiladagi uch qizning eng kattasi. Husnoraning Madina va Zaynab ismli singillari bor.

Husnora 2 noyabr kuni YouTube kanalida muxlislariga yangi ijod mahsuli — “Sevgin” nomli taronasini taqdim etdi.






























Izohlar 0
…