date

Yakzon axloqsizlikda ayblangan qo‘shiq uchun uzr so‘rab chiqdi (video)

Yakzon axloqsizlikda ayblangan qo‘shiq uchun uzr so‘rab chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan "Sizniki bormi?" iborasi ishlatilgan duet ijrochisi Yakzon yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi. Xonanda o‘z chiqishida mazkur kontent ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lganini tan olib, buning uchun uzr so‘radi.

Uning ta’kidlashicha, Nilufar Hamidova bilan qilingan mazkur kontentdan ko‘zlangan asosiy maqsad faqatgina "kulgi ulashish" bo‘lgan. Biroq ijrochi maqsadlar har doim ham kutilgan natijani bermasligini va jamoatchilikning g‘ashiga tegganini e’tirof etgan.

Xonanda yuzaga kelgan noqulaylik uchun o‘zini aybdor deb hisoblashini va kelajakda kuzatuvchilar uchun faqat yaxshi, milliy ma’naviyatga mos kontentlar taqdim etishga va’da berishini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi mutasaddilari tomonidan ijodkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Yakzon san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlagani va xatolarni anglashda yordam bergani uchun muassasa xodimlariga alohida minnatdorchilik bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yakzon axloqsizlikda ayblangan qo‘shiq uchun uzr so‘rab chiqdi (video)