Dilso‘z kutilmagan sirni ochdi:«Begim» qo‘shig‘ining muallifi kim?

Xonanda Dilso‘z intervyularidan birida muxlislar orasida mashhur bo‘lgan «Begim» qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida gapirdi.
Unga «'Begim' qo‘shig‘ingizning she’rini kim yozgan?» deya savol berildi. Dilso‘z tarona O‘zbekiston xalq artisti Ra’no Yarasheva qalamiga mansubligini ma’lum qildi. Ochiq manbalarda ham qo‘shiq muallifi sifatida Ra’no Yarasheva ko‘rsatilgan.
Xonandaning aytishicha, she’r Ra’no Yarashevaning yoshlik yillarida yozilgan bo‘lib, u turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlangan. Dilso‘zning so‘zlariga ko‘ra, she’r u qo‘shiq sifatida ijro etilganidan ancha yil oldin yozilgan.

Qizig‘i, Dilso‘z taronani ilk bor eshitganida uni ijro etishga unchalik ishtiyoq bildirmagan.
«Men hali turmushga chiqmagan paytim edim. “Bu qo‘shiq menga yoqmadi, men buni kuylay olmayman. Buni turmushga chiqqan, dardi bor ayol aytishi kerak”, deganman. Chunki uning dardini to‘liq yetkazib berish kerak edi», — deya xotirladi xonanda.
Biroq keyinchalik «Begim» taronasi Dilso‘z ijrosida yangrab, ayniqsa ayollar orasida mashhurlikka erishgan.
«Lekin Xudoga shukr, yaxshi chiqdi», — dedi Dilso‘z.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ham kuzatuvchilar xonandaning ijrosini e’tirof etib, «Begim» haqiqatan ham ta’sirli va qalbga yaqin qo‘shiq ekanini ta’kidlashgan.






























Izohlar 0
…