"Judayam sog‘indim": Manzura muxlislariga yangi tarona tayyorladi (video)

Xonanda Manzura yangi qo‘shig‘i premyerasi haqida xabar berdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Judayam sog‘indim" nomli qo‘shig‘i 16 iyul kuni tinglovchilarga taqdim etilishini ma’lum qildi.
Manzura premyera e’loni bilan birga qo‘shiq uchun ishlangan qisqa videolavhani ham joyladi. U izoh qismida 16 iyul kuni katta premyera bo‘lishini yozgan.
Klip lavhalarida xonandaning turmush o‘rtog‘i ham ishtirok etganini ko‘rish mumkin. Bu esa muxlislar orasida alohida qiziqish uyg‘otdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda Manzuraning yangi ijodiy ishini kutayotganini bildirmoqda.































Izohlar 0
…