Rayhon o‘zining yangi “Sog‘inma” nomli qo‘shig‘i bilan muxlislar e’tiboriga tushdi! (video)

Rayhon o‘zining yangi “Sog‘inma” nomli qo‘shig‘i bilan muxlislar e’tiboriga tushdi! (video)

Xonanda Rayhon muxlislariga “Sog‘inma” nomli yangi qo‘shig‘ini havola etdi. Qisqa tarona ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor qozonib, tinglovchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

San’atkor yangi qo‘shig‘i barcha musiqiy platformalarda tinglash uchun taqdim etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, muxlislarini tarona taassurotlari bilan bo‘lishishga va uning ohangiga mos videolar tayyorlashga chaqirdi.

Rayhonning taklifiga ko‘ra, muxlislar hayotidagi unutilmas lahzalar, his-tuyg‘ular va voqealarni aks ettiruvchi Stories videolarini tayyorlab, ularni #rayhon xeshtegi ostida joylashlari mumkin. Xonanda eng yaxshi videoni o‘z sahifasida e’lon qilishini bildirdi.

G‘olib esa pul mukofoti hamda 18, 19 va 20 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga ikkita taklifnoma bilan taqdirlanadi.

“Xo‘sh, bu qo‘shiqni birgalikda kuylaymizmi?” — deya muxlislariga murojaat qildi xonanda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar