Aysanem Yusupova muxlislariga yangi tarona taqdim etdi (audio)

Aysanem Yusupova muxlislariga yangi tarona taqdim etdi (audio)

Aktrisa va so‘nggi paytlarda xonandalik yo‘nalishida ham faol ijod qilayotgan Aysanem Yusupova muxlislariga navbatdagi ijod mahsulini taqdim etdi. San’atkorning "Sen" nomli yangi taronasi bugun soat 20:00 da YouTube kanalida premera qilindi.

Qo‘shiq inson hayotida paydo bo‘lib, butun olamini o‘zgartirib yuboradigan, hayotga yangi mazmun va rang baxsh etadigan yaqin inson haqida hikoya qiladi. Tarona tinglovchini samimiy tuyg‘ular va iliq kechinmalar sari yetaklaydi.

Qo‘shiq matni Shahboz Fayzullayev qalamiga mansub bo‘lsa, musiqasini Jasur Badalbayev bastalagan.

Premera e’lon qilinganidan so‘ng "Sen" qisqa vaqt ichida ko‘plab tomoshalarni yig‘ishga ulgurdi. Hozircha tarona faqat audio formatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, uning mazmunli so‘zlari va yoqimli ohangi tinglovchilarda iliq taassurot qoldirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar va YouTube'dagi izohlarda muxlislar qo‘shiqni iliq kutib olib, Aysanem Yusupovaning ijodiga omad tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar