Dilnoz Hakimova va Mirjalol Nematovdan yangi duet: "Yurakda sevgi" (video)

Xonandalar Dilnoz Hakimova va Mirjalol Nematov muxlislariga yangi duetini taqdim etdi. “Yurakda sevgi” deb nomlangan tarona kecha, 29 oktyabr kuni YouTube platformasida premera qilindi.
Yangi qo‘shiq e’lon qilinishi bilanoq tinglovchilar e’tiborini tortdi. Tarona qisqa vaqt ichida ko‘plab tomoshabinlar tomonidan tinglanib, iliq fikr va izohlarga sabab bo‘ldi.
Duet premerasidan atigi 22 soat o‘tib, videoklip 380 mingga yaqin marta tomosha qilindi. Izohlarda muxlislar Dilnoz Hakimova va Mirjalol Nematovning ijodiga yuqori baho berib, xonandalarga omad tilamoqda.
Siz ham “Yurakda sevgi” duetini tomosha qildingizmi? Agar uni 10 ballik tizimda baholash imkoningiz bo‘lsa, necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…