"Kapalagim” 3 kunda 1 milliondan oshdi — Oybek va Nigora muxlislar e’tiborida (video)

Xonandalar Oybek va Nigora muxlislariga yangi “Kapalagim” taronasini taqdim etdi. 12 oktyabr kuni YouTube kanaliga joylangan qo‘shiq qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini qozonishga ulgurdi.
“Kapalagim” taronasi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va ko‘plab ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi. Tarona YouTube'ga joylanganidan keyin uch kun ichida 1 milliondan ortiq ko‘rish to‘pladi.
Yangi tarona xonandalarning muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otib, qisqa fursatda keng auditoriya e’tiboriga tushdi.






























Izohlar 0
…