Sohiba obrazi bilan tanilgan aktrisa nima sababdan kech turmush qurgani haqida ochiq gapirdi

Sohiba obrazi bilan tanilgan aktrisa nima sababdan kech turmush qurgani haqida ochiq gapirdi

Sohiba obrazi orqali tanilgan aktrisa Fotima Nazarova 2022 yildagi intervyusida nima sababdan kech turmush qurgani haqidagi savolga javob bergan.

Suhbat davomida aktrisadan: “Nega kech turmush qurgansiz?” deb so‘rashgan. U esa bu borada o‘z fikrlarini samimiy tarzda bildirib, umr yo‘ldoshini kutib yashaganini aytgan.

“O‘g‘il bolaning uylangisi kelsa, ota-onasi sovchilikka boradi. Hindistonda yashaganimda, o‘zim sovchi bo‘lib borarmidim? Taqdirimda qanday inson bor ekan, qachon uchrarkan, deb kutib yashayverganman. Aslida, Alloh chevar-da”, — deya javob bergan aktrisa.

Shundan so‘ng Fotima Nazarova Hindistonning mashhur “Om Shanti Om” filmidan parcha keltirgan. Aktrisaning javobi uning turmush qurish masalasida o‘z taqdirini kutgani va bu borada Yaratganning irodasiga ishonganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar