«Qizingizmi yoki rafiqangizmi?» — Farrux Komilovning qizi bilan bog‘liq qiziq holat (video)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Xonanda Farrux Komilov «Shirchoy» ko‘rsatuvida 19 yoshida uylangani va 16 yoshga kirayotgan qizi bilan birga bo‘lganida odamlar ularni er-xotin deb o‘ylashlari haqida so‘zlab berdi.
- San’atkor 20 yoshida ota bo‘lgani va qizining yosh ko‘rinishi tufayli atrofidagilar ko‘pincha ularni ota-qiz deb tanimasligini ta’kidladi.
- Suhbat davomida xonanda qizini yaqin kelajakda turmushga uzatish ota uchun og‘ir kechishini tan oldi.
Xonanda Farrux Komilov «Shirchoy» ko‘rsatuvida oilasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni oshkor qildi. San’atkor 19 yoshida turmush qurgani, 16 yoshga kirayotgan qizi bilan ko‘rinish berganida esa odamlar ularni ota-qiz emas, er-xotin deb o‘ylashlari haqida gapirdi.
Ko‘rsatuv boshlovchilari xonandadan qizi bilan turli joylarga borganda odamlar ularni qanday qabul qilishi bilan qiziqdi.
«Ko‘p joyga borganingizda qizingiz bilan o‘tirsangiz, nima deyishadi? Qizingiz demay, turmush o‘rtog‘ingizmi, deb so‘rashmaydimi?» — deya savol berdi boshlovchilar.
«Qizimga: “Turmush o‘rtog‘ingizmi?” deb aytishadi», — deya javob berdi Farrux Komilov.
Shundan so‘ng boshlovchilar xonandaning erta oila qurganiga e’tibor qaratdi. Ular san’atkor 21–22 yoshlarida turmush qurgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Biroq Farrux Komilov bundan ham yosh bo‘lganini aytdi.
«19 yoshimda uylanganman. To‘yimdan ikki oy o‘tib, 20 yoshga to‘lganman», — dedi xonanda.
Boshlovchilar uning yosh ko‘rinishini ham aynan erta oila qurgani bilan bog‘lab, qizining yoshini so‘radi. San’atkor qizi 16 yoshga kirayotganini va yaqinda litseyga o‘qishga kirganini ma’lum qildi.

Suhbat davomida boshlovchilardan biri yana bir qiziqarli mavzuni ko‘tardi. U yaqin ikki-uch yil ichida xonanda qizini uzatishi, to‘yda yosh quda bo‘lib turishi mumkinligini aytib, qizini turmushga berish ota uchun qanchalik og‘ir bo‘lishi haqida so‘radi.
«Hech tasavvur qilganmisiz, qizingizni uzatadigan kun kelishini? Axir qizini turmushga berayotgan ota go‘yo yuragining bir parchasini uzatib yuborayotgandek bo‘ladi. Bu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz?» — deya yuzlandi boshlovchi.
Farrux Komilov esa bu haqda hali jiddiy o‘ylamaganini, ammo qizini uzatish oson bo‘lmasligini ta’kidladi.
«Yo‘q, menimcha, hozir yonimda-ku. Baribir og‘ir bo‘lsa kerak», — dedi u.
Ko‘rsatuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham xonandaning yosh ko‘rinishiga e’tibor qaratmoqda.






























Izohlar 0
…