Operatsiyadan so‘ng Ozoda Nursaidovaning ahvoli qanday? (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Uning singlisi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini va opasining ahvoli ancha yaxshilanganini ma’lum qildi.
Xonandaning singlisi ijtimoiy tarmoqdagi videoda: “Xudoga shukr, operatsiya yaxshi o‘tdi. Opamni duo qilib qo‘yinglar”, deya muxlislardan iltimos qildi. Shuningdek, u Ozoda Nursaidovaning ahvolini ham ko‘rsatdi.
Xonandaning o‘zi ham uni duo qilib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislari va xalqimizga minnatdorlik bildirdi.
“Xudoga shukr, ancha yaxshiman. Avvalo, xalqimizga, shifokorlarga, hamkasblarimga rahmat. Hammasi tez bo‘lib ketdi. Menda bu narsa oldindan bor ekan. Oxirgi uch-to‘rt oy davomida o‘zimni juda yomon his qilayotgan edim. Bu o‘sha holatning alomati ekan”, — dedi san’atkor.
Xonandaning ahvoli haqidagi xabarlar muxlislarini quvontirdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda Ozoda Nursaidovaga tezroq sog‘ayib, salomatligini tiklab olishini tilamoqda.






























Izohlar 0
…