Xonanda Ozoda Nursaidova operatsiyadan so‘ng yana ijodga qaytdi! (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova operatsiyadan so‘ng yana ijodga qaytdi! (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova operatsiyadan keyin sog‘lig‘ini tiklab, ijodiy faoliyatini davom ettirishga kirishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarda san’atkorning shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra muayyan muddat davolanish va tiklanish jarayonidan o‘tgani aks etgan.

Oradan roppa-rosa 35 kun o‘tib, xonanda yana muxlislari bilan yuzma-yuz bo‘ldi. U shifokori ijodga qaytishiga ruxsat berganini aytib, bekor o‘tirishni istamasligini bildirdi.

“Bekor o‘tirishni xohlamayman. Shifokorim ruxsat berdilar, mana, yana men ijoddaman. Meni qo‘llab-quvvatlaganlarga kattakon rahmat”, — dedi xonanda.

Shuningdek, u Instagram sahifasidagi videosiga “Roppa-rosa 35 kun o‘tib yana sizlar bilanman. Hammaga rahmat”, deya izoh qoldirdi.

Ozoda Nursaidovaning ijodga qaytganidan xabar topgan muxlislari uning sog‘ayganidan mamnun ekanini bildirishmoqda. Ular xonandaga mustahkam sog‘liq tilab, yangi qo‘shiqlarini intiqlik bilan kutishlarini yozishmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar