Muxlislar xavotirda: Ozoda Nursaidova neyroxirurgiya bo‘limida davolanayotgani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Ozoda Nursaidova Toshkentdagi shifoxonalardan birining neyroxirurgiya bo‘limida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan taxminan bir oy avval xonandaning qon bosimi ko‘tarilib ketgani sababli bir nechta konsertlari bekor qilingan edi.
Hozircha xonandaning operatsiyasi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar bo‘yicha uning o‘zi yoki vakillaridan rasmiy izoh berilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Shunga qaramay, xonandaning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda unga ezgu tilaklarini bildirib, tezroq sog‘ayib, sahnaga qaytishini tilamoqda.
Biz ham Ozoda Nursaidovaga Allohdan komil shifo va tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz.































Izohlar 0
…