Ozoda Nursaidova qo‘shiq yaratilishi haqida gapirdi: “Ko‘k jiguli” xit bo‘lishini kutmagandim” (video)

1 daqiqa o'qish405
Ozoda Nursaidova qo‘shiq yaratilishi haqida gapirdi: “Ko‘k jiguli” xit bo‘lishini kutmagandim” (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova intervyularidan birida mashhur “Ko‘k jiguli” qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida gapirdi. San’atkor ushbu qo‘shiqni retro uslubida yaratganini, ammo uning bunchalik ommalashib ketishini kutmaganini aytdi.

“Men ko‘p janrlarda ijod qilganman. 300 dan ortiq qo‘shig‘im bo‘lsa, ular orasida xalq janri, maqom, xalq qo‘shiqlari, folklor, yumoristik va jiddiy falsafiy qo‘shiqlar, vatan haqidagi asarlar ham bor. Umuman, ijodimda turli janrlarni uchratish mumkin.

'Ko‘k jiguli' qo‘shig‘imni esa retro uslubida qilib ko‘ray, deb yaratganman. 'Hozir hamma qilyapti, men ham bir qilib ko‘ray', deganman. Uning bunchalik xit bo‘lib ketishini hech kutmaganman”, — dedi xonanda.

Ozoda Nursaidovaning ta’kidlashicha, qo‘shiq uning yoshligi bilan bog‘liq xotiralarni ham aks ettiradi. U asarda o‘z hayotidan ayrim lavhalarni aks ettirganini aytdi.

“Eslaydigan narsalarim ko‘p. Chunki bu aynan mening yoshligim, o‘sha qiz mening yoshligimni o‘ynagan. Tushuntira oldimmi? Ya’ni bu o‘zimning hayotimdan olingan narsa. Qo‘shiq so‘zlarini ham o‘zimiz yozdik. Musiqasini ukalarimiz bilan birga ishladik, bu jamoaviy ish bo‘ldi. Klip g‘oyasi va boshqa jihatlarning barchasi jamoa ishi. Lekin, albatta, qo‘shiqni o‘z hayotimdan kelib chiqib yaratganman”, — deya ma’lum qildi Ozoda Nursaidova.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?