Durdona Qurbonovaning yana bir orzusi amalga oshdi: u otasiga BYD avtomobil sovg‘a qildi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram sahifasida o‘zi uchun quvonchli voqea haqida ma’lum qildi. U orzularidan yana biri amalga oshganini aytib, otasiga BYD avtomobil sovg‘a qilganini ko‘rsatdi.
Aktrisa otasi ko‘rinmasligi haqida ham izoh berib, buning sababini tushuntirdi.
“Dadamni har doim ko‘rsatmasam, ko‘pchilik savol beradi: 'Nimaga dadangizni ajratasiz?' deb. Dadam — mening boyligim, jannatim. Shunchaki, dadamga bunaqa narsalar yoqmaydi. Shuning uchun ularni ko‘rsatmayman. Niyat qilgan har bir insonga nasib qilsin”, — deya yozgan Durdona Qurbonova.
Aktrisaning otasiga avtomobil sovg‘a qilgani aks etgan video kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olingan. Izohlarda foydalanuvchilar bu kabi quvonchli kunlar barchaga nasib etishini tilagan.






























Izohlar 0
…