Munisa Rizayeva o‘g‘liga sovg‘a qilingan qimmatbaho avtomobilni ko‘rsatdi (video)

1 daqiqa o'qish1.4K
Munisa Rizayeva o‘g‘liga sovg‘a qilingan qimmatbaho avtomobilni ko‘rsatdi (video)

Milliarderlardan intervyu olishi bilan tanilgan bloger Jahongir Latipov xonanda Munisa Rizayevaning xonadoniga tashrif buyurdi. Suhbat davomida xonanda o‘g‘li Aleksga avtomobil sovg‘a qilinganini ma’lum qildi.

«Bu farzandimga sovg‘a bo‘ldi», — dedi Munisa Rizayeva mashinani ko‘rsatib.

Bloger avtomobil Arslonbek tomonidan sovg‘a qilingan-qilinmaganini so‘raganida, xonanda bu taxminni rad etdi.

«Etmayman. O‘g‘limizga, albatta, shunday sovg‘alar keladi. To‘g‘ri, bu Arslonbekdan emas. Sovg‘a qilishdi, sovg‘a», — dedi xonanda.

Jahongir Latipov avtomobil Mercedes-Benz S-Class ekanini ko‘rib, hayratini yashirmadi.

«Vau! Gap yo‘q, do‘stlar. Bu bomba-ku! Buni o‘zingiz haydamaysizmi?» — deya qiziqdi bloger.

«Yo‘q, haydamayman», — deb javob berdi Munisa Rizayeva.

«Umumanmi? Faqat o‘tirasizmi?» — deya aniqlik kiritdi Jahongir Latipov.

«Ha. Vaqtim yo‘q, chunki men doim uyda yoki syomkada bo‘laman», — dedi xonanda.

Bloger avtomobilni ko‘rsatib, barchaga shunday kunlarga yetishni tiladi.

«Gap yo‘q. Hammamizga nasib qilsin, do‘stlar. Mana shunday S-Class. Abduqodir Husanovga “Gelik” sovg‘a qilishgandi. Munisa Rizayevaga esa S-Class olib berishibdi. Shunday kunlarga yetish nasib qilsin», — dedi Jahongir Latipov.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?