Ravshan Komilov 62 yoshni qarshi oldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov bugun, 26 oktyabr kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda. Xonanda 1964 yil 26 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan va bugun 62 yoshni qarshi oldi.
Ravshan Komilov dastlab musiqa maktabida tahsil olgan. Keyinchalik Madaniyat texnikumi va Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlagan. Uning professional ijodiy faoliyati 1987 yilda boshlangan.
San’atkor “Odam bo‘laylik”, “Qarab qo‘y”, “Tango”, “Yurishlaring yoqadi” va “Ozodani sevaman” kabi qo‘shiqlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan. Bugungi kunga qadar uning 200 dan ortiq qo‘shig‘i, 30 dan ziyod videoklipi va 10 dan ortiq albomi mavjud.
Ravshan Komilov 1991 yilda “Kamolot” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan, 1994 yilda “Ulug‘bek” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2000 yilda esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Tahririyatimiz nomidan Ravshan Komilovni tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Xonandaga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.






























Izohlar 0
…