Sobirjon Mo‘minov bugun 57 yoshda!

Madaniyat1 daqiqa o'qish2
Sobirjon Mo‘minov bugun 57 yoshda!

Bugun, 29 noyabr kuni taniqli o‘zbek xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minov 57 yoshni qarshi oldi.

San’atkor 1969 yil 29 noyabrda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Uning musiqaga qiziqishi yoshligidan boshlangan. Dastlab musiqa maktabida yetti yil davomida skripka chalishni o‘rgangan.

Keyinchalik Toshkent davlat madaniyat institutida tahsil olib, maqom va tanbur yo‘nalishini o‘zlashtirgan. Mehnat faoliyatini O‘sh teatrida yakkaxon xonanda sifatida boshlagan. 1992 yildan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi badiiy jamoalar direksiyasi qoshidagi «O‘zbekiston» ashula va raqs ansamblida faoliyat yuritgan.

Sobirjon Mo‘minov ijodiy faoliyati davomida o‘zbek musiqa muxlislari orasida mashhur bo‘lgan qator qo‘shiqlarni ijro etgan. Uning «Bir kam dunyo», «Birinchi muhabbat», «Ko‘nglim Toshkent-Farg‘onada», «Bitta kuling», «Ikki dil», «Eslarmikansan» va «Sensiz» kabi qo‘shiqlari muxlislar e’tiborini qozongan.

San’atkor 1993 yilda «Anora» estrada qo‘shiqlari tanlovi, 1995 yilda esa «Sado» tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 2000 yilda unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni berilgan.

Sobirjon Mo‘minov O‘zbekiston bo‘ylab, shuningdek, bir qancha xorijiy mamalakatlarda Turkiya, AQSH, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda safarda bo‘lgan. Hozirda oila a’zolari bilan Amerikaning Nyu-York shahrida yashab, ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Sobirjon Mo‘minovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?