Anvar Jo‘rayev “Ovoz” va “Artist” loyihalarining ahamiyati haqida gapirdi (video)

“Sahar” guruhi frontmeni, xonanda Anvar Jo‘rayev “Ovoz” va “Artist” musiqiy loyihalarining ahamiyati haqida fikr bildirdi. U mazkur loyihalarda hakam sifatida ishtirok etgan va ularning yosh iste’dodlarni kashf etishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.
Xonanda intervyularidan birida undan “Ovoz” va “Artist” loyihalari qanchalik muhim va kerakli ekani haqida so‘raldi.
“Bu loyihalar juda ham kerakli. Chunki ular orqali yangi artistlar kashf etiladi. Viloyat va tumanlardan kelgan yoshlarning o‘zini ko‘rsatishi, iste’dodini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ular o‘z qobiliyatini namoyish qilib, kelajakdagi ijodiy faoliyati uchun yo‘l ochishi mumkin. Shuning uchun bunday loyihalarni juda muhim deb hisoblayman. Bizda ham shunday loyihalar bo‘lishi kerak”, — dedi Anvar Jo‘rayev.
Xonandaning fikricha, bunday musiqiy loyihalar nafaqat yosh iste’dodlarni keng ommaga tanitadi, balki ularning katta sahnaga chiqishi va professional ijodkor sifatida shakllanishiga ham yordam beradi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…