Munisa Rizayeva bugun 40 yoshni qarshi olmoqda (video)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Xonanda Munisa Rizayeva 21 oktyabr kuni 40 yoshga to'ldi.
- San'atkor Instagram sahifasi orqali yangi yoshga qadam qo'yganini ma'lum qilib, o'tgan va kelgusi kunlari uchun shukronalik bildirdi.
- Toshkent shahrida tug'ilgan xonanda 2023 yilda Arseniy Moroz bilan turmush qurgan va 2024 yilda o'g'il farzandli bo'lgan.
- U o'z ijodiy faoliyati davomida "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist" faxriy unvoniga ham sazovor bo'lgan.
Xonanda Munisa Rizayeva bugun, 21 oktyabr kuni 40 yoshni qarshi olmoqda. San’atkor tavallud kuni munosabati bilan Instagram sahifasida video joylab, yangi yoshga qadam qo‘yganini ma’lum qildi.
Xonanda videoga izoh sifatida o‘zining yangi yoshi bilan samimiy tabriklab, o‘tgan kunlari, bugungi hayoti va kelajakdagi baxtli kunlari uchun shukronalik bildirdi.
“Yana bir yoshga ulg‘aydim. Yana bir yoshga aqlliroq bo‘ldim. Yana bir yoshga kuchliroq bo‘ldim.
Yangi yoshim muborak bo‘lsin! O‘tgan kunlarimga shukr, bugungi kunimga shukr va hali oldinda kutayotgan barcha go‘zal kunlar uchun shukr”, — deb yozdi Munisa Rizayeva.
Munisa Rizayeva “Ko‘zlarim yana”, “Aha-oho”, “Hollywood”, “Sekin-asta”, “Ey samo”, “Armon” va “Yomg‘ir” kabi qo‘shiqlari orqali muxlislar orasida shuhrat qozongan.
Ushbu post ostida ham ko‘plab kuzatuvchilar xonandani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘lladi.
Biz ham Munisa Rizayevani tavallud ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy xotirjamlik, ijodiy parvozlar va yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Har doim yaqinlari mehridan, muxlislari e’tiboridan bahramand bo‘lib, yuzidan tabassum arimasin!
Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva 1986 yil 21 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2023 yil 7 sentyabrda belaruslik Arseniy Moroz bilan turmush qurgan. 2024 yil 24 noyabr kuni esa o‘g‘il farzandli bo‘lgan.
2026 yil 28 may kuni xonandaga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni berilgan.






























Izohlar 0
…