
Bundan o‘n yillar muqaddam o‘zbek kinosida o‘zining yodda qolarli rollari bilan ko‘pchilikka tanilgan Diana Yagofarova yana OAVda ko‘rinish berdi.
Uzoq muddat ommaga ko‘rinish bermagan aktrisa jurnallardan biriga o‘zining shaxsiy hayoti to‘g‘risida ma’lum qilgan. Ushbu jurnaldagi suhbat fotolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Diana Yagofarova ayni damda oilali, ikki o‘g‘ilning onasi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Diana ijrosidagi “Tashlandiq” (2008), “Superkelinchak” (2008), “Ichkuyov” (2009) hamda “Zirapcha” (2009) filmlari o‘zbek kinochiligida haqiqiy “portlash” bo‘lgan edi.

Diananing kinosanoatga qaytishi to‘g‘risidagi savollar esa, afsuski, hozircha ochiqligicha qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar