Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleks bilan sahnada ko‘rindi (video)

Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleks bilan sahnada ko‘rindi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleks bilan bir sahnada qo‘shiq kuylagani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kadrlar kuzatuvchilar e’tiborini tortib, iliq munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Videoda Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleks bilan birgalikda o‘zining “Bevafo” nomli qo‘shig‘ini ijro etganini ko‘rish mumkin. Xonanda sahnaga uzun qora libosda chiqqan. Uning yonida turgan kichkina Aleks esa muxlislar e’tiborini tortgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ona va o‘g‘ilning bir sahnada qo‘shiq kuylaganini iliq kutib olib, izohlarda samimiy fikrlarini qoldirmoqda. Ko‘plab kuzatuvchilar Munisa Rizayevaga onalik juda yarashganini ta’kidlab, Aleksning shirinligini e’tirof etgan.

Ona va o‘g‘ilning bir sahnadagi chiqishi muxlislarga yoqimli taassurot ulashdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar