Shohida Uzoqova Shahzoda Muhammedovani kelin qilmoqchi bo‘lganmi? (video)

Shohida Uzoqova Shahzoda Muhammedovani kelin qilmoqchi bo‘lganmi? (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Eslab eslab" ko'rsatuvida Shahzoda Muhammedova Shohida Uzoqova bilan bog'liq xotiralarini bo'lishdi.
  • Suhbat davomida Shohida Uzoqova bir paytlar Shahzoda Muhammedovani o‘g‘li Alisher Uzoqovga kelin qilmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
  • Shahzoda Muhammedova esa Alisher Uzoqov unga yoqmagani sababli turmushga chiqmaganini aytdi.

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Sevimli telekanalining “Eslab eslab” ko‘rsatuvida aktrisa Shohida Uzoqova bilan bog‘liq xotiralarini yodga oldi. Suhbat davomida Shohida Uzoqova bir vaqtlar Shahzoda Muhammedovani o‘g‘li Alisher Uzoqovga kelin qilmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Shahzoda Muhammedova bolalik xotiralari haqida gapirar ekan, “Esmeralda” serialini Shohida Uzoqovaning ovozi orqali eslab qolganini aytdi.

“Bolaligim meni “Esmeralda” kinosi bilan bog‘liq. O‘sha paytlarda Instagram, Telegram, TikToklar bo‘lmagan. Mahallaga chiqib, bolalar bilan o‘ynayotganimizda “Esmeralda” boshlanadi, deb dugonalarimiz bilan yugurib uyga kirardik. O‘sha paytlarda hammamiz oilaviy bir dasturxon atrofida ovqatlanardik. Serialni boshidan oxirigacha, ipidan ignasigacha tomosha qilganman. Onam san’atsevar inson bo‘lganlari uchun Shohida Uzoqova degan aktrisa ovoz berganini aytib turardilar”, — dedi Shahzoda Muhammedova.

Oradan yillar o‘tib, Shahzoda Muhammedova kino industriyasiga kirib keladi va “Tundan tonggacha” filmida Shohida Uzoqova bilan birga rol ijro etadi. Aktrisa filmda Shahzodaning qaynonasi obrazini gavdalantirgan.

“Juda xursand bo‘lganman. O‘sha paytda Alisher Uzoqov endi partnyorim bo‘lgan. U og‘ir-vazmin, kamgap edi, menga ataylab yordam bermasdi. Shohida opa esa rollarimga yordam berardilar. Buning uchun kattakon rahmat. Sizni yaxshi ko‘raman. Kinodagi qaynonamni xuddi hayotdagi qaynonamdek his qilaman”, — deya Shohida Uzoqovaga minnatdorlik bildirdi Shahzoda.

Shundan so‘ng Shohida Uzoqova kutilmagan gapni aytdi.

“Hayotda ham kelin qilmoqchi bo‘lganman, lekin sen kelin bo‘lishni xohlamagansan”, — dedi aktrisa.

Shahzoda Muhammedova esa nima sababdan Alisher Uzoqovga turmushga chiqmaganini ochiq aytdi.

“Chunki Alisher Uzoqov menga yoqmagan”, — deya javob berdi dizayner.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar