AQSH va Meksika chegarasi ostida bir tonnadan ortiq narkotik chiqdi

Audio versiyasi
AQSH va Meksika chegarasi ostida giyohvand moddalar kontrabandasi uchun mo‘ljallangan tunnel aniqlandi. AQSH Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u Meksikaning Tixuana shahri va San-Diyegodagi Buy 4 Less do‘konini bog‘lagan.
Tunnelning umumiy uzunligi qariyb 600 metrni tashkil etgan. U gidravlik lift, elektr va shamollatish tizimlari bilan jihozlangani ma’lum qilindi.
Operatsiya davomida qiymati 45 million dollarga baholangan 1029 kilogramm kokain, o‘q-dori va hujjatlar musodara qilingan.
Holat yuzasidan 4 kishi hibsga olingan. Rasmiylarga ko‘ra, mazkur yo‘nalish AQSHga narkotik moddalarni noqonuniy olib kirish uchun ishlatilgan.





























Izohlar 0
…