Elon Musk’ning 2 tonnalik Starfall «uchar likopchasi» sovuq gazli dvigatellarda ishlaydi

Elon Musk’ning 2 tonnalik Starfall «uchar likopchasi» sovuq gazli dvigatellarda ishlaydi

Yangi maʼlumotlarga koʻra, Starfall loyihasi diametri 3,1 metr, balandligi 0,75 metr va ogʻirligi taxminan 2,1 tonnani tashkil etuvchi ixcham qaytuvchi kapsuladir. Qurilmaning parvoz vaqtidagi yoʻnalishini boshqarish uchun sovuq gazda ishlaydigan dvigatellardan foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kapsulaning Yerga xavfsiz qoʻnishini taʼminlash maqsadida asosiy, tortuvchi va tormozlovchi parashyutlar tizimi ishlab chiqilgan. Starfall loyihasining asosiy maqsadi orbital ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishdan iborat boʻlib, bu koinot sanoatida yangi davrni ochishi kutilmoqda.

Rejaga koʻra, zarur uskunalar va xomashyolar orbitaga yetkaziladi va u yerda mikrogravitatsiya hamda vakuum sharoitida mahsulotlar tayyorlanadi. Tayyor buyumlar esa Starfall kapsulasi yordamida Yerga qaytariladi. Bunday imkoniyatlar yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun juda istiqbolli hisoblanadi.

Shuningdek, SpaceX kompaniyasi Starfall tizimini Yer yuzidagi nuqtalar orasida orbital va suborbital trayektoriyalar boʻylab yuklarni oʻta tezkor yetkazib berish vositasi sifatida ham koʻrmoqda. Ushbu texnologiya AQSH harbiy tuzilmalarida ham katta qiziqish uygʻotmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar